Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 91 mingtaga yetdi yoki bir yarim barobarga oshdi. Deyarli barcha modellar orasida ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatilmoqda.
ADM Jizzakh avtomobil zavodi O‘zbekiston bozorining kamida 25 foizini egallash niyatida, deya ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda milliy avtomobil ham yaratish reja qilinmoqda.
2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi.
ADM Jizzakh zavodi 2027-yil o‘rtalaridan gibrid avtomobil va elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar hajmi 550 mln dollarga, budjet to‘lovlari esa 700 mln dollarga oshirilishi kutilmoqda, bu kompaniyaga mamlakatning eng yirik 5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirish imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodida bo‘lib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan ham tanishdi.
Jizzax shahrida ADM Jizzakh avtomobil zavodi hududida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi.
ADM Jizzakh zavodining qiymati 216 mln dollarlik ikkinchi bosqichi loyihasi doirasida avtomobillarni kichik uzelli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘iladigan zavod faoliyati bilan tanishdi.
Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.
2021−2022 yillarda Jizzaxda avtomobil sohasida 277 mln dollarlik uchta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ADM Jizzakh tomonidan yengil avtomobillar, ikkinchi bosqichda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan Volkswagen tijoriy avtomobillari, uchinchi bosqichda esa Auto Motors Asia tomonidan tijoriy va yuk avtolarini ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting